Altun: Isroil Gaaga, Jeneva konvensiyalari va boshqa xalqaro insoniylik mezonlarini buzib kelmoqda
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Turkiya Respublikasi Kommunikasiya Boshqarmasi boshlig‘i Faxretdin Altun Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) axborot vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida nutq so‘zladi. U IHT barpo etilishining asosi musulmonlarning Falastin sinovidan munosib o‘tish haqidagi g‘amxo‘rligida ekanligini ta’kidladi.
“Prezidentimiz janob Rajab Toyyib Erdog‘anning «Dunyo beshdan katta» va «Yanada adolatli dunyo bo‘lishi mumkin» degan tushuncha va tamoyili xalqaro tizimda qayta ko‘rib chiqish zaruratining eng ixcham ifodasidir. Isroil G‘arb, mustamlakachi va imperial mentalitetning Yaqin Sharqdagi amaldagi davomi sifatida mintaqamizda vahshiylik, inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzish va qirg‘inlarni amalga oshirdi. Bu faoliyat va qonunbuzarliklar bilan Isroil xalqaro huquq va urf-odatlarga zid ravishda yerlarni majburan egallab olish, etnik tozalash va tinch aholini qasddan o‘ldirish kabi keng ko‘lamli harbiy jinoyatlarni sodir etgan va afsuski qilishda davom etmoqda", deya ta’kidladi Altun.
U bu jarayonlar 7 oktyabrdan beri yaqqol kuzatilayotganligini qayd etdi. Isroil shu paytga qadar:
— Tez yordam mashinalari va kasalxonalarni bombardimon qilish orqali Rim statutining 8-moddasida urush jinoyati sifatida belgilangan «sog‘liqni saqlash va transport bo‘linmalariga qasddan hujum qilish» jinoyatini sodir etdi.
— Tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasini bombardimon qilish bilan Gaaga konvensiyasining 25-moddasini buzdi.
— Diniy makonlar, ibodatxonalar va me’moriy inshootlarni bombardimon qilish orqali Isroil yana Gaaga konvensiyasining 4-moddasini buzdi.
Manba: www.aniq.uz