Evropada NATOning keng ko‘lamli dengiz mashqlari boshlanmoqda
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
NATOning «Dinamik Manta» deb nomlangan harbiy-dengiz mashqlari bugun O‘rta yer dengizidagi Sitsiliya oroli qirg‘og‘ida boshlanadi.
Bu haqda NATO harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligining «X» sahifasiga tayanib, «Report» xabar bermoqda.
NATOning yillik harbiy-dengiz mashqlarida Turkiya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Gresiya, Italiya, Ispaniya, Angliya va AQSh qo‘shinlari va kemalari ishtirok etadi. Mashg‘ulotlarda NATOga a’zo mamlakatlarning yetti suv osti kemasi, bir nechta kemalari, shuningdek, samolyotlari ishtirok etmoqda.
«Suv osti kemalariga qarshi urush qobiliyatini yaxshilash va dengiz missiyalari samaradorligini oshirishga qaratilgan ikki haftalik mashg‘ulotlar NATOning strategik ahamiyatga ega mintaqada jamoaviy mudofaa va inqirozga qarshi kurashish imkoniyatlarini kuchaytirishga sodiqligini ta’kidlaydi», — deyiladi NATO dengiz kuchlari qo‘mondonligi bayonotida.
Qayd etilishicha, O‘rta yer dengizi o‘zining murakkab suv osti topografiyasi bilan mashg‘ulotlar uchun ideal zamin yaratadi.
Manba: www.aniq.uz