softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

“Slovo pasana” seriali Putinning qayta saylanishiga tayyorgarlikning bir qismi bo‘lgan

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

“Slovo pasana” seriali Putinning qayta saylanishiga tayyorgarlikning bir qismi bo‘lgan

Batafsil o'qish:

“Slovo pasana” (“Yigitning so‘zi”), “Xolop” (“Qarol”), “Lyod” (“Muz”) kabi mashhur filmlar va seriallardan Rossiya prezidenti ma’muriyati Vladimir Putinning saylovoldi kampaniyasida foydalanishga qaror qilgan. Bu haqda “Vajniye istorii” va Meduza nashrlarining qo‘shma surishtiruvida aytiladi.

Surishtiruv mualliflari ta’kidlashicha, o‘tgan yil bahorida Kremlda amaldorlarga “Saylovlarga atalgan ijodiy kontent” namoyish etilgan. Unda Putin tashviqotiga yordam beradigan va “ odamlar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida” bayon qiladigan o‘nlab loyihalar bo‘lgan.

Ushbu taqdimotga Kreml jamoat loyihalari rahbari Sergey Novikov (kino va seriallar ishlab chiqarishga rahbarlik qiladi) va Internetni rivojlantirish instituti rahbari Aleksey Goreslavskiy (grantlarni taqsimlaydi) mualliflik qilgan.

Loyihalar mualliflari hatto ularning ijodi propaganda uchun ishlatilishini bilmagan ham, deyiladi surishtiruvda.




Manba: www.aniq.uz