softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Mirziyoyev texnik jihatdan tartibga solish tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishd

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Mirziyoyev texnik jihatdan tartibga solish tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar bilan tanishd

Batafsil o'qish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni texnik jihatdan tartibga solish tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimiz standartlashtirish sohasini isloh qilish va sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilgan edi.

So‘nggi yillarda 12 mingta standart qabul qilindi, 400 turdagi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 40 ta yangi eksport bozoriga chiqildi.

Shu bilan birga, oxirgi yetti yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,5 barobarga oshib, 63 milliard dollarga yetdi. Bu yil ham eksportni 1,5 barobarga ko‘paytirib, 25 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, istiqbolda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish maqsad qilingan.

Shundan kelib chiqib, amaldagi texnik tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, uning eksportga ko‘maklashish va ichki bozorni sifatsiz tovarlardan himoya qilishdagi ishtirokini mustahkamlash dolzarb ahamiyatga ega.

Milliy sertifikatlar chet elda tan olinishi uchun tizimli ishlash, Milliy etalonlar bazasini to‘ldirish orqali xorijda mamlakatimiz laboratoriyalarining sinov natijalariga ishonchni oshirish, hozirgi kunda eng zarur bo‘lgan texnik reglamentlarning mavjudlarini xalqaro talablarga moslashtirish va yangilarini ishlab chiqish zarur.
Manba: www.aniq.uz