Tamash Shuyok Vengriyaning yangi prezidenti etib saylandi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Vengriya parlamenti mamlakat Konstitusiyaviy sudi raisi Tamash Shuyokni prezident lavozimiga tayinladi. U 5 martdan yangi lavozimda faoliyatini boshlaydi.
67 yoshli Shuyok hukmron «Fides» va uning koalisiya bo‘yicha hamkori Xristian-demokratik xalq partiyasidan nomzod edi. U 2014 yilda Konstitusiyaviy sud a’zosi bo‘ldi. 2016 yilda Konstitusiyaviy sud raisi lavozimiga saylandi.
Vengriyada prezident vakolatlari qonun bilan cheklangan. Ularning bir qismidan faqat hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlansagina foydalanish mumkin. Mamlakatda prezident parlamentdagi yashirish ovoz berish yo‘li orqali 5 yil muddatga saylanadi.
Avvalroq, Vengriya prezidenti Katalin Novak bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni yashirganlikda ayblangan shaxsning avf etilishi bilan bog‘liq mojaro ortidan iste’foga chiqqan edi. U 2022 yil mart oyida prezidentlik faoliyatini boshlagan va Vengriya tarixidagi birinchi prezident ayol bo‘lgan edi.
Manba: www.aniq.uz