softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Charlz III tojni o‘g‘liga topshirishga tayyorlanmoqda

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Charlz III tojni o‘g‘liga topshirishga tayyorlanmoqda

Batafsil o'qish:

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III o‘z merosxo‘riga tojni topshirishga tayyorgarlikni kutilganidan erta boshladi. Bu haqda Daily Mirror yozdi.

Taxt vorisi haqidagi qonunga ko‘ra, Charlzning to‘ng‘ich o‘g‘li, shahzoda Uilyam Buyuk Britaniyaning keyingi qiroli bo‘lishi kerak.

Britaniya qirollik oilasi bo‘yicha mutaxassis Tom Kuin so‘zlariga ko‘ra, vorislik rejalari Charlz III saraton kasalligiga chalingani haqidagi xabardan ko‘p o‘tmay tuzila boshlagan. Qirolning kasalligi aniqlanishidan oldin, merosxo‘rlik masalalari kamida yana o‘n yil davomida muhokama qilinishi kutilmagan edi. Uning fikricha, bu Charlz chalingan xastalikning xavfli ekanini ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Charlz III saraton kasalligiga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bakinghem saroyiga ko‘ra, kasallik 75 yoshli monarxda prostata bezining kengayishi bilan bog‘liq davolash muolajalari paytida aniqlangan.




Manba: www.aniq.uz