Fransiya prezidenti Ukrainaga yordamni kuchaytirishga chaqirdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
"Rossiya bu urushda g‘alaba qozonmasligi kerak. Shuning uchun Ukraina tarafdorlari Kiyevga yordam berish masalasida birgalikda harakat qilishlari kerak. Biz bugun va ertaga xavfsizligimizni ta’minlash jarayonidamiz", — deya ta’kidladi Makron Parijda o‘tkazilgan Ukrainaga yordam berish bo‘yicha konferensiyadagi nutqida.
Uning fikricha, Rossiya Federasiyasi yangi hujumlar tayyorlayotgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Makronning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish masalasi G‘arb davlatlarining Parijdagi yig‘ilishida muhokama qilingan, ammo kelishuvga erishilmagan.
Fransiya prezidenti tashabbusi bilan Yelisey saroyida Yevropaning 20 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, jumladan, Germaniya kansleri, AQSh va Kanada vakillari yig‘ildi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mazkur konferensiyada onlayn shaklda ishtirok etdi.
Manba: www.aniq.uz