softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

BMT Atrof-muhit assambleyasining 6-sessiyasi boshlandi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

BMT Atrof-muhit assambleyasining 6-sessiyasi boshlandi

Batafsil o'qish:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi 26 fevraldan 1 martgacha Nayrobida (Keniya) bo‘lib o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit assambleyasining (UNEA-6) 6-sessiyasi ochilishida ishtirok etmoqda.

UNEA-6 iqlim o‘zgarishi, tabiiy muhit va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, shuningdek, ifloslanish va chiqindilarning ko‘payishi kabi uch tomonlama sayyoraviy inqirozga qarshi kurashga qaratilgan. Kuchli ilm-fan, siyosiy qat’iyat va jamoatchilik ishtirokiga tayangan holda, Assambleya hukumatlari, fuqarolik jamiyati guruhlari, ilmiy doiralar va biznesga global ekologik siyosatni shakllantirish imkoniyatini beradi.

5 kunlik sessiya dasturidan yalpi majlislar, iqlim o‘zgarishi sharoitida insoniyat faolligi, atrof-muhitning ifloslanishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va boshqa dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yordamchi tadbirlar, matbuot anjumanlari va yuqori darajadagi muloqotlar o‘rin olgan.

Tadbir davomida Aziz Abduhakimov Assambleya ishtirokchilari bilan atrof-muhitni muhofaza qilish va bioxilma-xillikning yo‘qolishining oldini olish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.




Manba: www.aniq.uz