softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Vengriyada yangi Prezident saylandi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Vengriyada yangi Prezident saylandi

Batafsil o'qish:

Vengriya parlamenti Konstitusiyaviy sud raisi Tamash Shuyokni respublikaning yangi Prezidenti etib sayladi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Shuyok nomzodi uchun 134 deputat ovoz bergan, besh deputat qarshi chiqqan.

Shuyok yuridik maslahatchi, huquqshunos va Avstriyaning faxriy konsuli bo‘lgan. U 10 yil Konstitusiyaviy sudning a’zosi, 2016 yildan buyon esa uning raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

10 fevral kuni Vengriyaning oldingi prezidenti Katalin Novak mehribonlik uyidagi jinsiy zo‘ravonlik ishini yashirganlikda ayblangan erkakning avf etilishi bilan bog‘liq janjal ortidan iste’foga chiqishini e’lon qilgan. Shuyok uning o‘rnini egalladi.

Ma’lumot uchun, Vengriya Prezidenti barcha vengerlarni birlashtirishi kerak bo‘lgan siyosiy arbob hisoblanadi va mamlakat fuqarolari uning asosiy rolini aynan shu yerda ko‘radi. Shu bilan birga, uning vakolatlari ancha cheklangan (u qonunlarni imzolaydi, saylov sanasini belgilaydi, sudyalarni tayinlaydi va hokazo). Vengriya parlamentar respublika bo‘lib, asosiy hokimiyat Bosh vazir va hukumat qo‘lida.


Manba: www.aniq.uz