softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Borrel: YEI Rossiya bilan keskinlik davriga tayyorlanishi kerak

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Borrel: YEI Rossiya bilan keskinlik davriga tayyorlanishi kerak

Batafsil o'qish:

Evropa Ittifoqi davlatlari «yaqin oylarda NATO davlatlariga qarshi siyosiy va harbiy provokasiyalarini kuchaytirishni» istashi mumkin bo‘lgan Rossiya bilan uzoq muddatli keskinlikka tayyor bo‘lishi kerak. Bu haqda 25 fevral kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.

16-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan Myunxen xavfsizlik konferensiyasini sarhisob qilar ekan, Borrel o‘z blogida: «Biz xavfsizlik va mudofaa salohiyatimizni sezilarli darajada mustahkamlashimiz kerak», deb yozdi.

Shu bilan birga, u Yevropa davlatlarini Global Janub bilan munosabatlar strategiyasini ishlab chiqishga chaqirdi. Agar hozirgi geosiyosiy ziddiyatlar «G‘arb va dunyoning qolgan qismi» yo‘nalishida rivojlanishda davom etsa, «Evropa kelajagi qorong‘ida qoladi», deya ogohlantirdi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

G‘arb hukmronligi davri tugadi

«G‘arb hukmronligi davri haqiqatan ham o‘z nihoyasiga yetdi. Garchi nazariy jihatdan bu tushunarli bo‘lsa-da, biz yangi voqelikdan amaliy xulosalar chiqara olmadik», - dedi Borrel. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va G‘azo sektoridagi urush G‘arb hamda Global Janub o‘rtasidagi qarama-qarshilik xavfini «sezilarli darajada oshirdi», buni Sahel va Afrikaning boshqa qismlarida ko‘rish mumkin.

Diplomatning ta’kidlashicha, Global Janubdagi ko‘plab davlatlar G‘arbni «ikki tomonlama standartlar»da ayblaydi va «Rossiya vaziyatdan foydalanishga muvaffaq bo‘ldi». «Biz bunga qarshi kurashishimiz va buni faqat so‘z bilan qilishimiz kerak. Kelgusi oylarda hamkorlarimizning ishonchini qaytarish uchun katta sa’y-harakatlar lozim», dedi u.
Manba: www.aniq.uz