2023 yilgi Rossiyaga do‘st davlatlar reytingi e’lon qilindi, bunda O‘zbekiston o‘rni pastladi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Reytingni tuzishda 14 ta postsovet davlatidagi tadbirlar, 2023 yilga mo‘ljallangan hukumat hujjatlari, davlat rahbarlarining bayonotlari va media resurslar tahlil qilingan. Reytingga do‘st bo‘lgan 10 ta davlat kiritilgan. Ular qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:
1 Janubiy Osetiya – 93,5 ball;
2 Belarus – 87,6 ball;
3 Abxaziya – 81,4 ball;
4 Qirg‘iziston – 60,3 ball;
5 Tojikiston – 58,7 ball;
6 O‘zbekiston – 55,2 ball (2022 yilgi reytingda 3-o‘rin va 59,3 ball);
7 Ozarbayjon – 50,1 ball;
8 Qozog‘iston – 50 ball;
9 Turkmaniston – 47,1 ball;
10 Armaniston – 46 ball.
Do‘st bo‘lmagan guruhdan esa 5 ta davlat joy olgan: Moldova, Estoniya, Litva, Latviya, Ukraina. 1 ta davlat, ya’ni Gruziya nisbatan do‘stona/do‘stona emas deb baholangan.
Manba: www.aniq.uz