Navalniyning ishi bo‘yicha bosh tergovchining lavozimi ko‘tarildi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyga qarshi ishlarni olib borgan muhim ishlar bo‘yicha tergovchi, polkovnik Roman Vidyukovning lavozimi ko‘tarildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasining sobiq direktori Ivan Jdanov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Tergovchi Vidyukov – Navalniyga qarshi ishlarning asosiy tergovchisi. U tergovchi edi, hozir esa Bosh tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari”, — deb yozadi Jdanov. Shuningdek, u Vidyukov imzolagan hujjatning fotosuratini ilova qilgan, unda uning yangi lavozimi qayd etilgan.
Vidyukov Navalniyning firibgarlik ishini, shuningdek, boshqa bir qator shov-shuvli tergovlarni olib borgan, xususan, sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevning ishi, Moskva viloyati Serpuxov tumanining sobiq rahbari Aleksandr Shestunning ishi. 2022 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vidyukovni ikkinchi darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlagan, deya aniqlik kiritadi «Dojd» telekanali.
Manba: www.aniq.uz