softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkent viloyati hokimi maktablarda telefondan foydalanilishiga nega qarshi?

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Toshkent viloyati hokimi maktablarda telefondan foydalanilishiga nega qarshi?

Batafsil o'qish:

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 27 fevral kuni Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan ta’lim kengashining yig‘ilishida viloyatdagi ta’lim muassasalarini «Telefonsiz maktab» tashabbusi bilan chiqishga taklif qildi.

Hokimiyat rahbari viloyat xalq ta’limi kengashining Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida maktabda telefondan foydalanishni tanqid qilib, ota-onalar bilan kelishilgan holda o‘quvchi va o‘qituvchilarga maktab hududida telefondan foydalanishni taqiqlash zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

«Kecha — kimga yoqadi, kimga yoqmaydi — internetda o‘qigan bo‘lsangiz, [maktab hududida] telefondan foydalanishni Markaziy Osiyodagi hamma respublikalar taqiqladi. Kecha shu narsa Qozog‘istonda tasdiqlandiki, [bu tartib] o‘qituvchilarga ham ta’sir qiladi. Maktab hududiga [telefon] olib kirish taqiqlandi… Hozir sizlar davlat qonun chiqarib bersin, deb kutyapsizlar», — dedi viloyat hokimligi rahbari.



Uning so‘zlariga ko‘ra, maktablarda telefondan foydalanishni cheklash tashabbusi bilan bironta ham maktab rahbari chiqmagan.

«Siz rahbar bo‘la turib, men maktabimda ota-onalar bilan kelishib, majlisda muhokama qildik, tajriba sifatida [maktabga] telefonni kiritmadik, natijada 11 oy ichida kitob o‘qiydigan [bolalar] soni shunchaga ko‘paydi, jinoyat shunchaga ko‘paydi, dars o‘zlashtirilishi shunchaga ko‘paydi, deb aytmadi-ku hech kim. Hamma direktorlar ham jamoasini boshqara olmayapti. Lekin nega yaxshi ishlayotgan direktorlar bunday tashabbus bilan chiqmayapti?» — dedi u. Hokimning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarning maktabda telefondan foydalanishi taqiqlansa, ularning asablari joyiga keladi, psixologlarga ham talab pasayib ketadi.
Manba: www.aniq.uz