Turkmanistonda milisiya hodimlari mamlakatdan chiqib ketmoqdami?
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Turkmen.News kanalining xabar berishicha, harbiylar va polisiyachilar Rossiya, Dubay yoki Turkiyaga ishga joylashish uchun Turkmanistonni ommaviy ravishda tark eta boshladi. Birgina Dashoguz viloyati ichki ishlar boshqarmasidan 200 nafar xodim birdaniga chiqib ketishgan. Ular Rossiya Federasiyasiga ishlash uchun ketishgan.
Hozir Turkmanistonda milisiya xodimlarining maoshi 2,7-3 ming manatni (142-157 dollar), harbiy xizmatchilarniki 3-3,5 ming manatni (160-185 dollar) tashkil etadi. Turkmanistonda bu juda yaxshi pul, lekin Rossiyada qurilish maydonchasida yoki taksida ko‘proq pul topishlari mumkin.
Manba: www.aniq.uz