softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiya jangovar raketalarini Qozog‘istonda sinovdan o‘tkazyaptimi?

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Rossiya jangovar raketalarini Qozog‘istonda sinovdan o‘tkazyaptimi?

Batafsil o'qish:

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Rossiyaning harbiy raketalari respublika hududida sinovdan o‘tkazilayotganini tasdiqladi. Bu haqda informburo.kz xabar berdi.

Avvalroq “Novaya gazeta Yevropa” nashri Rossiyaning “Kapustin Yar” raketa sinovi poligonidan reportaj tayyorlagandi. Unda poligonda sinovdan o‘tkazilayotgan zenit va ballistik raketalar Qozog‘iston tomon uchib, Bokeyord rezervatiga tushishi ta’kidlangan. Ushbu raketalar keyinchalik Ukrainadagi harbiy amaliyotlarda qo‘llanishi aytilmoqda.

Qozog‘iston mudofaa vaziri o‘rinbosari Shayx-Hasan Jazikbayev mazkur ma’lumotga izoh berdi.

“Bunday poligon bor, lekin o‘zi boshqariladigan raketalar emas, oddiy raketalardan foydalaniladi. Sari-Shagan poligoni mavjud, 1993 yilgi kelishuvga asosan 2030 yilgacha u yerdan sinov maqsadida foydalanish mumkin. Rossiya Federasiyasining 110-o‘quv markazi. Bu poligon yaqinida infratuzilma yo‘q, mahalliy aholi ham yo‘q”, — deydi vazir o‘rinbosari.

Ta’kidlanishicha, yiliga jami 50 soatlik test sinovlari o‘tkaziladi.


Manba: www.aniq.uz