O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Qadambay Sultonov kecha diplomatik missiyasini yakunlab, Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Elchi O‘zbekistonga qaytishdan avval Latviya Tashqi ishlar vazirligi protokoli rahbari Raymonds Yansons, Litva Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori Darius Latkausuas va Estoniya TIV bosh kotibi Yonatan Vseviov bilan so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Muloqotlar chog‘ida elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati yuqori baholandi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 47 yoshli bitiruvchisi Qadambay Sultonov O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda mamlakatimizning Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditasiyadan o‘tgan.
Manba: www.aniq.uz