Tolibon harakati Ostona forumida ishtirok etadimi?
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
– Birinchi navbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikka e’tibor qaratilmoqda, – dedi mulozim Senat yig‘ilishida. – Ikkinchidan, deyarli butun dunyo Afg‘onistonda ayni payt faoliyat yuritayotgan rahbariyat bilan ish olib bormoqda, shu davlat bilan aloqa o‘rnatmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat harakat oldida muayyan savollar turibdi.
– Albatta, ayollarning hukumatdagi vakilligi, xotin-qizlar huquqini himoya qilish borasida Tolibon va’dasini bajarishi masalasi mavjud, – deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari. – Shu bilan birga harakat vakili bo‘lgan hozirgi ma’muriyat mavjudligi ob’ektiv ravishda e’tirof etilgan haqiqat. Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlariga qo‘shni va bunday hamkorlik hozir bizning manfaatlarimizga javob beradi.
Avvalroq toliblar Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Ostona xalqaro forumiga taklif qilingani haqida xabar berilgan edi.
Manba: www.aniq.uz