softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi

Batafsil o'qish:

«Manchester Siti» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida BAAning «Al-Ayn» klubini 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlab, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida sariq kartochka oldi va 61-daqiqada almashtirildi.

Foto: Manchester Siti

«Manchester Siti» futbolchilari klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida BAAning «Al-Ayn» klubini mag‘lub etdi. Turnir AQShda bo‘lib o‘tmoqda.

G guruhi o‘yini Atlantada bo‘lib o‘tdi va 6:0 hisobida yakunlandi. Ilkay Gundo‘g‘an ikki marta, Klaudio Echeverri, Oskar Bobb va Rayan Sherki bittadan gol urdi, Erling Holand penaltini golga aylantirdi.

«Siti»ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlab, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida sariq kartochka oldi va 61-daqiqada almashtirildi.

«Manchester Siti» ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 6 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Yuventus» ham 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shu tariqa, har ikki jamoa pley-off yo‘llanmasini kafolatladi. So‘nggi turda Yevropa klublari o‘zaro to‘qnash keladi. «Al-Ayn» Marokashning «Vidad» klubiga qarshi o‘ynaydi, ikkala jamoada ochko ham va keyingi bosqichga chiqish imkoniyati ham yo‘q. Har ikki o‘yin 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Braziliyaning «Flamengo» va Germaniyaning «Bavariya» klublari ham muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini kafolatlagandi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. 2025. Tur 02
«Manchester Siti» (Manchester) – «Al-Ayn» (Al-Ayn) – 6:0 (3:0)
Gollar: Gundo‘g‘an (8, 73), Echeverri (27), Holand (45+5, penalti), Bobb (84), Sherki (89).
Manchester Siti — Ortega, Akanji, Husanov (Bobb, 61), Gvardiol (Diash, 74), Ait-Nuri, Niko (Rodri, 61), Nunesh, Gundo‘g‘an, Silva (Sherki, 73), Echeverri (Foden, 46), Holand.
Al Ayn — Eysa, Yashich, Rabia, Nyang, Traore, Zabala (Erik, 62), Nodir (Palasios, 46), Pak, Abbos (Kaku, 62), Shadli (Sanabria, 74), Rahimi (Laba, 46).
Ogohlantirishlar: Zabala (25), Rabia (45+4), Husanov (58).