softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Pogba 4 yillik diskvalifikasiya bo‘yicha Sport arbitraj sudiga arz qilmoqchi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Pogba 4 yillik diskvalifikasiya bo‘yicha Sport arbitraj sudiga arz qilmoqchi

Batafsil o'qish:

«Yuventus» futbolchisi Pol Pogba doping qabul qilganlikda aybli deb topilib, 4 yilga futboldan chetlatilgach, Italiya antidoping prokuraturasi chiqargan qaror bo‘yicha Sport arbitraj sudiga shikoyat arizasi kiritishini ma’lum qildi.

«Antidoping qo‘mitasining qarori haqida xabar topdim va bu hukmni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Juda ham xafaman, shok holatidaman. Barcha erishganlarimni mendan o‘g‘irlangandek his qilyapman. Meni borimdan mahrum qilishdi.

Bu voqeaning barchasi hali ochiqlanadi, ammo men hech qachon ataylab yoki maqsadli ravishda doping qoidalarini buzadigan qo‘shimchalarni qabul qilmaganman.

Professional sportchi sifatida o‘z natijalarimni taqiqlangan moddalar yordamida yaxshilash uchun hattoki urinmaganman. Hech qachon o‘zim o‘ynagan va raqib jamoalarning sportchilari hamda muxlislarga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatmagan yoki ularni aldamaganman.

Bugun e’lon qilingan hukmdan kelib chiqqan holda men Sport arbitraj sudiga shikoyat arizasini kiritaman», - deb yozadi Pogba «instagram»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 20 avgust kuni fransiyalik jahon chempionining testosteronga topshirgan doping tahlili musbat natija bergandi. Takroriy testda ham natija bir xil chiqqach, 30 yoshli futbolchi futboldan vaqtinchalik chetlatilgan edi.
Manba: www.aniq.uz