“Prague International Chess Festival-2024”da Abdusattorov yakka peshqadamga aylandi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Kecha hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov qora donalarda polshalik Mateush Bartelga qarshi dona surdi va o‘yinning 40-yurish holatida raqibi taslim bo‘lganini tan oldi. Bu esa mahoratli shaxmatchimizning musobaqada 4 ochkoga ega bo‘lishini ta’minladi. Ushbu yutuq Abdusattorovni 10 nafar eng kuchli shaxmatchi ishtirok etayotgan “Prague International Chess Festival-2024” turnirining yetakchisiga aylanishiga olib keldi.
Bugun, 3 mart kuni xalqaro turnir nizomiga muvofiq ishtirokchilar uchun dam olish kuni etib belgilangan.
Ertaga, 4 mart kuni o‘tkaziladigan 6-tur o‘yinlarida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Praggnanandxaaga qarshi harakat qiladi.
Shu o‘rinda aytish lozim, Xalqaro shaxmat federasiyasi tomonidan mart oyi uchun e’lon qilingan eng kuchli shaxmatchilar reytingida Nodirbek 11-pog‘onadan joy egallagan bo‘lsa, norasmiy onlayn shaxmat reytingida “Prague International Chess Festival-2024”dagi ko‘rsatkichlari hisobiga kuchli beshlikni band etib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 9 turdan iborat mazkur shaxmat bahslari 7 martga qadar davom etadi.
Manba: www.aniq.uz