FIFA prezidenti ko‘k kartochka qoidasiga qarshiligini aytdi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
FIFA prezidenti Janni Infantino futbolda ko‘k kartochka qoidasiga qarshiligini aytdi.
Oldinroq, qoidalarni futbolga kiritish bilan shug‘ullanuvchi futbol assosiasiyalari xalqaro kengashi (IFAB) ko‘k kartochka (hakamlar bilan tortishuv va taktik follar uchun ko‘rsatiladi) qoidasini tasdiqladi. Ko‘k kartochkani olgan futbolchi 10 daqiqaga maydondan chetlatiladi.
Keyinroq, negativ reaksiyalar tufayli bu qoidadan voz kechishlari mumkinligi aytildi.
Yakuniy qaror IFABning yig‘ilishida qabul qilinadi.
"FIFA ko‘k kartochkalarga qarshi. Ko‘k kartochkaga qizil kartochkani ko‘rsatamiz.
IFAB va FIFAdagilar turli taklif va g‘oyalar uchun ochiq... Ammo uni ko‘rib chiqishda futbolni, uning maqsadini va an’analarini himoya qilishimiz kerak. Ko‘k kartochka mavjud emas" - dedi Janni Infantino.
Manba: www.aniq.uz