Kurashning xalqaro rivoji Bangkokda muhokama qilindi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Uchrashuvda kelgusi yil aprel oyida Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida o‘tadigan navbatdagi SportAccord konvensiyalarida ishtirok etish, kurashning AIMSga a’zo bo‘lishi borasidagi texnik jihatlar va talablar muhokama qilindi.
Muloqot davomida AIMS rahbari, Havaskor taybokschilar xalqaro federasiyasi bosh kotibi, SportAccord vise-prezidenti Stefan Foks Xalqaro kurash assosiasiyasining AIMSga a’zo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, 2009 yili tashkil etilgan AIMS 23 ta xalqaro sport tashkilotlarining ittifoqi sanaladi. O‘tgan davrda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan sambo, lakross, kikboksing, tay-boks Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan sport turlari safidan joy olgan.
Manba: www.aniq.uz