softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Prague Masters». Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Keymerni mag‘lub etdi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

«Prague Masters». Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Keymerni mag‘lub etdi

Batafsil o'qish:

Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha "Prague Masters" xalqaro musobaqasida bugun 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bu turda germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Hamyurtimiz o‘yinni nisbatan sokin boshladi. 23-yurishda esa raqib noaniq yurishni amalga oshirgach, Nodirbek bir piyodani raqibga berdi va ketma-ket kuchli yurishlarni qila boshladi. Oqibatda hamyurtimiz raqibning 3 ta piyodasini yutib olib, raqib Shohini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Keymer 38-yurishdan keyin taslim bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 5,0 ochkoga yetkazib oldi. Bugun eronlik Parham Maqsudlu ham g‘alaba qozonib, 4,5 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. Ertaga ushbu shaxmatchilar o‘zaro to‘qnash kelishadi. Hamyurtimiz oq donalarda o‘ynaydi.










Manba: www.aniq.uz