«Real» endi transfer borasida «Barselona»ni raqib deb hisoblamaydi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Marca xabariga ko‘ra, madridliklar hozirda «davlat klublari» bilan raqobatlashmoqda va «Barselona» yosh yulduzlar uchun kurashda ularga yaqinlasha olmayapti. «Real» endi «Barselona»ni nafaqat transferlar, balki boshqa ko‘plab holatlarda ham raqib deb hisoblamaydi.
Madrid klubi Kilian Mbappe transferidan so‘ng jamoaning hozirgi futbolchilaridan hech biri sotilmasligiga ishonch bildirmoqda. Qolaversa, fransiyalik futbolchi kelayotgan yozda «Real»ga yangi kelgan yagona futbolchi bo‘lmaydi.
Marca «Barselona»da sodir bo‘layotgan hamma narsani «nozik iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq doimiy improvizasiya» deb ataydi. Bunga eng so‘nggi misol — kataloniyaliklarning o‘z brendi ostida forma ishlab chiqarish istagi. «Bu istak imkonsiz» deb yozadi nashr ushbu sohadagi mutaxassislarga tayanib.
«Real» va «Barsa» rahbarlari hozir klublar orasidagi masofa qanchalik katta ekanligini bilishadi.
Qayd etilishicha, kataloniyaliklar turli davrlarda Vinisius, Rodrigo, Jud Bellinghem, Arda Guler, Endrik, Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, biroq bu futbolchilarning barchasi «Real»ga o‘tgan va o‘tmoqda. Endi «Barsa» Erling Holandga da’vogarlik qilmoqchi, garchi klub rahbarlari va sport direktori uning transferi imkonsiz ekanligini bilishsa-da.
Manba: www.aniq.uz