“Aeroflot Open” turnirida Nodirbek Yoqubboyev qancha ishlab topdi?
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Rossiya poytaxti Moskva shahrida 3-7 mart kunlari klassik shaxmat bo‘yicha xalqaro “Aeroflot Open” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev 9 imkoniyatdan 6,5 ochko to‘plab, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Nodirbek musobaqa davomida 4 g‘alaba va 5 durang qayd etdi. U ikkinchi o‘rindagi Andrey Yesipenkodan qo‘shimcha ko‘rsatkich bo‘yicha ortda qoldi.
Eronlik Amin Tabatoboiy esa 7,5 ochko bilan turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonliklar orasida Abdumalik Abdusalimov (24), Saidakbar Saydaliyev (29), Shamsiddin Vohidov (34), Almas Rahmatullayev (39) 5,5 ochko to‘plab kuchli qirqtalikdan o‘rin olishdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi 7 mart kuni bo‘lib o‘tdi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan shaxmatchimizga esdalik sovg‘alari bilan bilan birgalikda 1.600.000 (taxminan 17500 dollar) rubl miqdoridagi mukofot pul mukofoti topshirildi.
Manba: www.aniq.uz