Shomurodov: «Men baxtliman...»
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
"Kalyari" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Salernitana"ga qarshi o‘yin (4:2) haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bahsda hamyurtimiz o‘z dubli orqali sardiniyaliklarga 3 ochko olib berdi.
"Men baxtliman, uzoq vaqtdan so‘ng yana gol urdim va shu orqali g‘alaba qozondik, bu meni ikki karra xursand qilmoqda. So‘nggi ikki oy jarohatim bilan og‘ir kechdi, men faqat qaytish va "Kalyari"ga ochko olishga yordam berish haqida o‘yladim. Murabbiy hamisha menga ishongan, men hamisha bu jamoaning ligada qolish uchun yordam berishni o‘ylaganman. Bu muhim uch ochko, har bir o‘yin biz uchun alohida jang va biz bu o‘yinlarda borimizni narsani beramiz. Umid qilamizki, mavsum biz uchun yaxshi yakunlanadi", - dedi hamyurtimiz.
Manba: www.aniq.uz