IBF reytingi yangilandi: undan uch nafar bokschimiz o‘rin oldi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Xalqaro boks federasiyasi (IBF) fevral oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Reytingdan 3 nafar bokschimiz o‘rin olgan:
Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oydagi kabi 3-o‘rinda qayd etildi;
Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 15-o‘rinda qoldi;
Super yengil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 14-o‘rinda qoldi.
Super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) Isroil Madrimov o‘tgan oy 12-o‘rinda edi. Bu safar reytingda yo‘q. Bokschimiz boshqa yo‘nalishda (WBA) chempion bo‘lgani sabab, katta ehtimol IBF reytingdan chiqarilgan.
Manba: www.aniq.uz