Sport kurashchilarimiz Antaliya turnirida 5 ta medalli bo‘ldi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Xabar berganimizdek, xalqaro turnirning dastlabki kunlaridagi bahslarda yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xalqaro turnir yakunida erkin kurashchilarimiz 2 ta bronza medaliga egalik qildi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Behruzbek Turanmuratov 74 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikda, Bobur Islomov 86 kilogrammlik vaznda 3-o‘rinni band etdi.
10 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan mazkur xalqaro turnirda mamlakatimizning erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillarining 30 nafari ishtirok etdi.
Manba: www.aniq.uz