Roman Abramovich Ispaniya klubini sotib olmoqchi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
«Chelsi» klubi sobiq xo‘jayini Roman Abramovich yangi klubni sotib olmoqchi.
AS nashri xabariga ko‘ra, biznesmen «Valensiya»ni xarid qilmoqchi. Klub muxlislari rahbariyat o‘zgarsa jamoa natijalari yaxshilanishiga umid qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Roman Abramovich 2003 yilda «Chelsi»ni sotib olgandi. Rossiyalik oligarxga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar tufayli 2022 yilda ingliz klubini sotishga qaror qilgandi. Abramovich davrida «Chelsi» 19 yil ichida 5 marta Angliya chempioni bo‘ldi, 5 marta Angliya kubogini, 3 marta — Liga Kubogini, 2 marta — Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan, 2 martadan Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida zafar quchgan, bir marta UYEFA Superkubogi sohibi bo‘lgan va bir marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini yutgan.
«Valensiya» hozir Ispaniya chempionatida 27ta o‘yindan 40 ochko to‘plab musobaqa jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda.
Manba: www.aniq.uz