softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

“Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

“Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi

Batafsil o'qish:

Unda viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat sport boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Yurtboshimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu olimpiada mahallalar, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, kasb ta’limi muassasalari o‘quvchilarining sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar milliy sport turlarini yanada ommalashtirish, is’tedodli yoshlarni munosib rag‘batlantirish, eng asosiysi ularni hayotda o‘z o‘rinlarini topishida muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganligini ta’kidilar.

Olimpiada doirasida viloyatning barcha mahallalarida yoshlardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” igtellektual o‘yinlari, “Yosh kitobxon”, shuningdek, sportning yengil atletika, futbol, voleybol, shaxmat-shashka, milliy kurash, jami 26 turda tanlov va sport musobaqalari o‘tkaziladi.

– Besh tashabbus olimpiadasi”ning tanlov va musobaqalari viloyatimiz yoshlari orasida juda tez ommalashib ketdi, – deydi Sirdaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Bo‘ronov. – O‘tgan yili olimpiada doirasidagi tabirlarda 200 000 dan ziyod yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil 348 ming nafar yoshlarimiz qatnashishi reja qilingan.






Manba: www.aniq.uz