«Barsa»ning moliyaviy masalalariga mas’ul vise-prezidenti Romeu lavozimini tark etdi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Kataloniya klubi vise-prezidenti Eduar Romeu «Barselona»ni tark etishga qaror qildi.
Jamoa rasmiy sayti «Barselona» klubida iqtisodiy masalalarga mas’ul bo‘lgan vise-prezident Eduar Romeu lavozimini tark etish uchun ariza yozganini ma’lum qildi.
«Barselona» prezidenti Joan Laporta Eduar Romeuning iste’fosini qabul qilib, uni iqtisodiy bo‘lim rahbari sifatidagi ishlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Eduar Romeu 2021 yildan buyon klub vise-prezidenti sifatida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq, Xavi klubning moliyaviy holati yozda yaxshi transferlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgandi.
Manba: www.aniq.uz