Mamlakatda og‘ir atletika markazi tashkil etiladi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
O‘zbekistonda og‘ir atletika bo‘yicha barcha yosh toifasidagi sportchilar bilan individual ishlash tizimi yaratiladi va ularning kasbiy tayyorgarligi uchun Og‘ir atletika markazi tashkil etiladi.
Bu haqda 15 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti ishtirokidagi taqdimotda so‘z bordi.
Qayd etilishicha, Markaz Sport vazirligi qoshida faoliyat yuritadi va Chirchiq shahrida joylashgan. Mazkur ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi 7-sinfdan 11-sinfgacha ta’lim beradi. O‘smirlar terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida ilg‘or uslublar asosida tarbiyalanadi.
Markaz o‘z faoliyatini 2025/2026 o‘quv yilidan boshlashi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi ko‘magida og‘ir atletika sport to‘garagi tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida viloyat maktablari ochiladi.
Manba: www.aniq.uz