softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi

Batafsil o'qish:

Foto: UFA

Saudiyada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yarimfinalida O‘zbekiston KXDR darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi. 

Shu tariqa Islom Ismoilov shogirdlari 20 aprel kungi finalda mezbonlarga qarshi maydonga tushadi. 

O‘zbekiston va Saudiya guruhda ham o‘zaro to‘qnash kelgan hamda mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchgandi.

Osiyo Kubogi U-17. Yarimfinal O‘zbekiston — KXDR 3:0 

Gollar: Sadriddin Hasanov (31), Jamshid Rustamov (62), Abubakr Shukurullayev (65). 

O‘zbekiston — Ne’matulloh Rustamjonov, Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Miraziz Abdukarimov, Sadriddin Hasanov, Muhammad Habibullayev (Azizbek Abdumo‘minov, 77), Sayfiddin Sodiqov (Jamshid Rustamov, 46), Muhammadali Musoxonov, Abubakr Shukurullayev (Farid Abdullayev, 77), Azizbek Erimbetov, Asilbek Aliyev (Nurbek Sarsenbayev, 61).

Chetlatish: Kang Myon Bom (41).