Aguero futbolga qaytadimi?
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Argentina terma jamoasi va “Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Forvard 2021 yilda yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli futbolni tark etgan. 25 fevral kuni futbolchi "Independyente" bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
“Albatta, bu xabar tarqaldi, lekin bu haqiqat emas. "Independyente" bilan shartnoma tuzmayman va mashg‘ulot o‘tkazmayman. Ba’zida odamlar ma’lumotni bo‘rttirib yuborishadi va bu ham shunday yangiliklardan biri. Ha, kardiologim sog‘ligim yaxshi ekanini aytdi, ammo mashg‘ulot o‘tkazish va yana yuqori saviyada ishlash uchun yana ko‘p ko‘rikdan o‘tishim kerak”, — deya Aguero so‘zlarini keltiradi Tyc Sport.
2021 yilning iyulida Aguero erkin agent sifatida "Manchester Siti"ni tark etdi va "Barselona" bilan shartnoma imzoladi. Hujumchi kataloniyaliklar safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi, biroq 2021 yilning dekabrida sog‘lig‘idagi muammolar tufayli faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz