Amerikalik mashhur bokschi promoutersiz qoldi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Terens Krouford hech qanday promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolamagani uchun erkin agentga aylandi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Ikki divizion bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni PBC bilan 2023 yilning iyul oyida Errol Spensga qarshi jang o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Jangda Krouford muddatidan oldin g‘alaba qozondi, biroq, bu shartnoma faqat bitta jangga mo‘ljallangan va revansh variantini o‘z ichiga olgan. Biroq, Krouford-Spensning ikkinchi jangigacha Kroufordning amaldagi promouteri bilan kelishuvi muddati tugadi. Errol esa ko‘zidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazayotgani uchun ringga chiqa olmadi.
Shunday qilib, Krouford endi erkin agent hisoblanadi. Hozirda meksikalik mashhur boksda Saul Alvaresda hech qaysi kompaniya bilan kelishuv yo‘q. Kanelo ham PBC bilan ishlashni to‘xtatdi.
Qayd etish joiz, Terens Krouford “The Ring” jurnalining vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingida 1-o‘rinni band etgan
Manba: www.aniq.uz