Xususiy klinika litsenziyasini olish tartibi qanday?
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
SSV matbuot xizmati ushbu savolga Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi direktori Jaloliddin Asamutdinovdan javob oldi.
— Mamlakatimizda tibbiy faoliyatni litsenziyalash yo‘nalishi bir qancha qonuniy, normativ-xuquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi, — deydi u.
— So‘nggi yillarda soha raqamlashtirilishi tufayli litsenziya olishda turli ovoragarchilik va byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yildi. Natijada aholiga ko‘plab qulayliklar yaratildi.
Ayni paytda nodavlat tibbiyot muassasalari uchun litsenziya olishning soddalashtirilgan talab va mezonlari mavjud bo‘lib, ular bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, dastlab talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs o‘z elektron raqamli imzosi (ERI) yordamida (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanishi mumkin) “Lisenziya” axborot tizimi (license.gov.uz) yoki Yagona iteraktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz ) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘ng faoliyatning litsenziyalanadigan, shu jumladan, har bir kichik turini ko‘rsatgan holda elektron shaklda ariza to‘ldiradi.
Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
Lisenziya berish bir necha hollarda rad etiladi. Xususan: