softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi

Batafsil o'qish:

Turnir mezboni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limidayoq O‘zbekistonning ikki futbolchisi maydondan chetlatilgandi.

20 aprel kun o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finali o‘tkazildi. Mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston vakillari qahramonlik ko‘rsatib, ishonchli g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘limdayoq O‘zbekiston 9 kishi bo‘lib qoldi: o‘yinning 40-daqiqasida Nurbek Sarsenbayev, 45-daqiqada Miraziz Abdukarimov qatarlik hakam tomonidan maydondan chetlatildi.

Bu zarbalardan o‘zbekistonliklar ruhiyatini cho‘ktirmadi va ikkinchi bo‘limni hujumkorlik bilan boshladi. 50-daqiqada Muhammad Hakimov penaltidan hisobni ochdi. 

70-daqiqada esa darvozabon Ne’matulloh Rustamjonov ketma-ket seyvlardan so‘ng tezkor qarshi hujumni boshladi, qanotdan oldinga tashlangan Sadriddin Hasanov raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va to‘pni uning oyoqlari orasidan o‘tkazib, ikkinchi golni urdi.

O‘yinning qolgan qismida ham O‘zbekiston vakillari 9 kishi holatida g‘alabani saqlab qolib, Osiyo chempioniga aylandi.

Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoa turnirni o‘ta kuchli o‘tkazdi: guruh bosqichida dastlab Tailandni 4:1 hisobida mag‘lub etgan, ikkinchi turda Xitoy ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishib, guruh bosqichi va jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilgandi. Uchinchi turda mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi rasmiyatchilik uchun o‘tkazilgan o‘yinda ham 3:0 hisobida g‘alaba qayd etilgandi.

Pley-offda esa avvaliga BAA 3:1 hisobida taslim etildi, yarimfinalda esa KXDR darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritildi, holbuki shimoliy koreyaliklar chorakfinalda Indoneziyani 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Bu O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi ikkinchi bor Osiyo chempioni bo‘lishidir. Bungacha 2012 yil oktyabrida Eronda bo‘lib o‘tgan turnirda Dilshod Nuraliyev boshqaruvidagi jamoa finalda Yaponiyani mag‘lubiyatga uchratib, Xirosima-1994 o‘yinlaridan keyin O‘zbekistonga milliy jamoalar darajasidagi ikkinchi Osiyo chempionligini keltirgan edi.