softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi

Batafsil o'qish:

Hokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi ilk marta jahon chempionatida ishtirok etib, o‘z divizionida g‘olib bo‘ldi. Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston U-18 milliy jamoasi esa birinchi marta Osiyo vitse-chempioniga aylandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ularni tabriklab, sportchilarning ota-onasi, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev hokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasini jahon chempioni bo‘lgani bilan, yengil atletika bo‘yicha U-18 milliy jamoasini esa ilk marta Osiyo vitse-chempioni bo‘lgani bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Armanistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston milliy hokkey jamoasi IV divizionda ilk marta ishtiroki etib, g‘olib bo‘ldi va kelgusi mavsumda uchinchi divizionda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoa mart oyida Tailandda bo‘lib o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham terma jamoa g‘alaba qozongan edi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonliklar 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

«Bu yutuqlar, eng avvalo, yigit-qizlarimizning tinimsiz mehnati, yuksak mahorati, mustahkam irodasi va matonati tufaylidir. Bunda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va tizimli davlat siyosatining ham alohida o‘rni borligini ta’kidlash joiz. Mamlakatimizda sport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilandi, yangi maktablar ochilmoqda, sportchilarning professional rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Davlat rahbari xokkeychi va yengil atletikachilarni yuksak zafarlar bilan tabriklab, ota-onasi, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etadi», deyiladi xabarda.