“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Kun podkastiʼning navbatdagi sonida jurnalist, sharhlovchi Orif Tolipov bilan so‘nggi Yevropa chempionlar ligasi yarimfinal uchrashuvlari, navbatdagi bahslarning favoritlari, Flikni qiynagan so‘nggi El-klasiko bahsi, O‘zbekiston U-17 jamoasining Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari, sharhlovchilik qilishning qoidasi borasida suhbatlashdik.
Chempionlar ligasi o‘yinlari bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan ikkita o‘yin “Arsenal” va “PSJ” hamda “Barselona” va “Inter Milan”. Dastlab Londonda o‘tgan o‘yinga to‘xtalsak. “Arsenal” “PSJ” birinchi o‘yin 0:1 hisobida “PSJ”ning g‘alabasi bilan yakunlandi va o‘yin shunday bo‘lishi kutilganmidi?
- Yo‘q, bunaqa o‘tishini men kutmagandim, o‘zimning qarashimni aytadigan bo‘lsam, o‘zi umuman avval shuni aytishim kerakki, Yevropa Chempionlar ligasi yarimfinaliga to‘rtta munosib jamoa chiqdi, ya’ni bu doim ham bo‘lavermaydi. Masalan, o‘tgan yil har holda “Borussia Dortmund” bor edi-da. “Borussia Dortmund”ga chuqur hurmatni saqlagan holatda, u yaxshi klub, zo‘r klub, iqtidorlarni chiqarib beradi, lekin to‘rtalikka kirsa, bu boshidan balandga sakrashdek tuyuladi menga. Ha, hozir “Arsenal”, “PSJ”, “Barselona” hamda “Inter” jamoalarining hammasi munosib. Yana bundan ham munosib jamoalar bor edi, lekin nima qilamizki, Yevropada top klublar ko‘p, ammo yarimfinalda to‘rtta jamoa bo‘ladi, finalda ikkita, g‘olib esa bitta bo‘ladi. Raqobat katta. Shuni aytishim kerak. Va bu juda ham zo‘r shakllanib qoldi to‘rtlik. Buni nimada ko‘rsa bo‘ladi? O‘sha umumiy guruh jadvali bo‘ldi, eslasangiz, o‘sha yangicha formatda umumiy turnir jadvali bo‘ldi va o‘shanda sakkizta tur nihoyasiga yetgandan keyin birinchi to‘rtlikdagi uchta jamoani biz yarimfinalda ko‘ryapmiz. “PSJ”dan boshqasi shu to‘rtlikda bor edi. Hatto “Liverpul” ham bo‘lishi mumkin edi, “PSJ” chiqarib yubordi-da uni. Siz so‘raganingiz, o‘sha Londondagi uchrashuvda men ochiqroq, ko‘p gollik o‘yin kutgandim.
Kimdan?
- Ikki jamoa. Ikki jamoa ham ochiq futbol o‘ynaydigan jamoa edi, ya’ni tasavvur shunaqa edi. Artetani ligadagi vaziyat APLda pragmatik bo‘lishga majbur qildi. Jarohatlar sabab mavsum davomida yo‘qotishlarni o‘rnini to‘ldirib harakat qildi va pragmatik, ya’ni raqibdan kelib chiqadigan yoki moslashuvchan o‘yin qilishga majbur bo‘ldi.Natija uchun kurashishga majbur bo‘ldi. “PSJ”da hech qachon unaqa bo‘lmagan, ayniqsa Luis Enrikeda. Biz ko‘rganimiz esa o‘sha chorshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan uchrashuv natija uchun o‘ynadi. Qanaqa bo‘lib? Pari Saint-Germain tez gol urdi va keyin Arsenal javob berishga harakat qilib, javob berishga yaqin kelganda ko‘rdiki, Pari Saint-Germain juda ochiq o‘yna olmaydi, himoyani ham ushlash kerak va majbur bo‘ldi o‘sha himoyani ushlab turib balans muvozanatini saqlashga va shu muvozanat saqlangani tufayli biz boshqa gol ko‘rmadik. Endi bu yerda yana Donnarummaning o‘yini, londonliklarning vaziyatlardan foydalana olmasligi ham bor.
Dembele “Barcelona”da shuncha harakat qildi. Qanaqadir stabillik yetmadimi? To‘g‘ri, biz uning iqtidorini ko‘rdik, driblingda, tezlikda iqtidorini hamma ko‘rdi, lekin stabillik yetmadi, lekin “PSJ”ga keldi. Unda ham birinchi mavsumda adashmasam Mbappe bilan birga maydonga tushganda baribir Mbappe yetakchiligini ko‘rsatib qo‘yaverdi-da. Lekin Mbappe ketgandan keyin Dembele oldinga chiqdi va o‘zini ko‘rsata oldi. Hozir mana shu eng kuchli top hujumchilarni oladigan bo‘lsak, Dembele uchtalikda bormi?
- Hujumchi tushunchasi ham juda o‘zgarib ketdi-ku. Masalan, strayker deya olmaymiz uni, lekin vinger sifatida ha bor. Masalan, Salah ham o‘sha pozitsiya vakili, lekin juda ko‘p gol uradi, shu bilan birga ko‘p assist ham beradi. Usmon hali Borussiyada ekanligida juda yosh edi, “Barcelona”ga juda katta pul evaziga transfer qilingan va “Barcelona”da omadsizligining yagona sababi jarohatlar deb o‘ylayman. U jarohatga juda moyil edi. U bilan bog‘liq memlar bor. Hali Xavi kelib turib bo‘ynidan ushlab qo‘ysa ham jarohat oladi, deb hazillashishardi u bilan. Shunaqa kadrlar bor. Hatto shu jarohatga moyilligida ham “Barcelona”da yomon mavsumlarni o‘tkazmadi. To‘g‘ri, kutilganidek emas, chunki undan ko‘pchilik ko‘prog‘ini kutgandi, ya’ni bundan ham zo‘r bo‘lishini kutgandi. Messidan keyingi davrda o‘ynagani uchun bo‘shliqlarni to‘ldirishini kutgandi. Hozir mana Yamalnig nuqtasida o‘ynayapti-yu, shu Yamal darajasini kutishgandi-da endi. Bu darajada chiqmadi, ammo o‘ynaganda ko‘rsangiz, o‘sha chempion bo‘lgan mavsumida Xavi bilan adashmasam Dembelening hissasi juda katta edi. O‘ning uzatmalari, uning gollari bor edi. Qolaversa, murabbiyning ham o‘rni katta.
Shu Luis Enrike “Barcelona”ni boshqarganda ham jamoa katta natijalarga erishgan, lekin o‘sha o‘yinlarda baribir Enrikening o‘rni, ta’sirini juda katta deb hisoblashmagan.
Yo‘q, bu bemalol bahslashsa bo‘ladigan fikr, chunki Enrike o‘sha uchlikni shakllantirgan murabbiy hisoblanadi. Enrikeni ta’siri bo‘lmagan uning murabbiyligidagi jamoa yo‘q. Men ochig‘i juda eshitmaganman, sizdan eshityapman. To‘g‘ri, kimdirlar shunaqa Enrikening ta’siri yo‘q deb hisoblashi mumkin, lekin Enrike yaqin-yaqingacha kambag‘allarning Gvardiolasi deyilardi. “PSJ”gacha shunaqa edi, ya’ni aytishardiki, u budjeti katta bo‘lmasa ham yaxshi o‘ynaydigan jamoa qura oladigan murabbiy deyishardi. Maydonda qo‘lini, imzosini ko‘rsatadigan murabbiylarni hozir sanoqli deb bilaman. O‘zi mana to‘rtta chiqdi-ku. To‘rtalasi zo‘r murabbiy. Reyting tuziladigan bo‘lsa, men Enrikeni birinchi o‘ringa qo‘yaman.Keyin Flikni, keyin Inzagini, keyin Artetani qo‘yaman.
Arsenal bosim ostida o‘ynadi deb hisoblaysizmi kechagi o‘yinda? Va bu nimaning natijasida bo‘ldi? Arsenalga nima bosim berdiki, bunaqa qandaydir bir ochilib bemalol “Real”ga qarshi o‘ynaganday ijodkorlik yo‘q. Shu narsa yopilib qoldi-da.
- O‘sha “Real”dan keyingi bosim sabab ko‘p ehtimol, chunki “Real”dan keyin Arsenalga bo‘lgan kutilmalar ortib ketdi.
Ya’ni o‘ziga ishonchmi, boshqalar tomonidan?
- Menimcha “Real”dan keyin Arsenalga hamma boshqacha qarashni boshladi-da. Xalqaro maydonda. Keyin ichki chempionatda mana Arsenal muxlislari xafa bo‘lishmasin, ko‘pchiligi o‘zi biladi ham, ochiq haqiqat sifatida qabul qilishadi. Venger vaqtida to‘rtinchi jamoa edi. Arteta davrida ikkinchi jamoa bo‘lib qolyapti. Ya’ni tepada kim bo‘lishi ahamiyati yo‘q. Yo “Liverpul” bo‘ladi, yo “Manchester Citi” bo‘ladi, Arsenal ikkida bo‘lyapti.
Intervyuning to‘liq shaklini yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.