«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Keyn divanda o‘tirib chempion bo‘ldi, «Liverpul» uchta, «MYu» to‘rtta gol o‘tkazdi. Yakshanba oqshomida Yevropa chempionatlarida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Foto: Getty Images
Angliya: beqaror «MYu»
APL, 35-tur
«Brentford» — «MYu» 4:3
Gollar: Shou 27 (avt), Shade 33, 70 (dubl), Vissa 74 – Maunt 14, Garnacho 82, Diallo 90+5.
«Brentford»: Flekken, Kayode (Ayyer 81), Kollinz, van den Berg, Lyuis-Potter (Gustavo Nunes 81), Nergor, Yarmolyuk (Yyensen 68), Mbemo, Damsgor (Tyago 81), Shade (Genri).
«MYu»: Bayindir, Fredrikson (Lindelyof 76), de Ligt (Maguayr, 35), Shou (Diallo 46), Dorgu (Yoro 46), Ugarte, Amad, Maunt (Eriksen 57), Garnacho, Obi.
Ogohlantirishlar: Ugarte 43, Garnacho 51.
«MYu» APLning navbatdagi tur o‘yinini juda yaxshi boshlagandi. Maunt 2024 yil martidan buyon ilk bor gol urdi, ushbu yarimhimoyachi so‘nggi golini ham «Brentford» darvozasiga kiritgandi. Ammo keyin «qizil iblislar»da muammolar boshlandi. Avvaliga Damsgor autdan uloqtirgan to‘p Shouning ko‘kragiga tekkan holda darvoza to‘riga yo‘l oldi, rikoshet Bayindirni ilojsiz ahvolda qoldirdi. Ko‘p o‘tmay mehmonlar alamli gol o‘tkazib yubordi, o‘z jamoasi jarima maydoni yaqinidagi to‘qnashuvdan keyin de Ligt gazonga yotib qoldi va qo‘l ishorasi bilan yordamga muhtoj ekanini bildirdi (uning o‘rniga Maguayr tushirildi). Ammo bu vaziyatda Entoni Teylor o‘yinni to‘xtatmadi va «Brentford» hujumni davom ettirib, raqib futbolchilari to‘xtab qolganidan foydalanib, darvozani ishg‘ol etdi.
O‘yin manchesterliklarning yirik hisobdagi mag‘lubiyati bilan yakunlanishi ham mumkin edi, ammo dam berilgan Brunu Fernandesh yo‘qligida ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Eriksen o‘zini ko‘rsatdi. Hisob 1:4 ko‘rinishida ekanida aynan shu daniyalik futbolchining o‘z uslubidagi zarbasidan keyin olis ustun oldida turgan Garnacho to‘pni darvozaga to‘g‘rilab yubordi, argentinalik ushbu yosh vinger Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lgan klub rekordini takrorlash arafasida turibdi. Gap 21 yoshgacha APLda amalga oshirilgan golli harakatlar haqida bormoqda (25 ga qarshi 24). Qo‘shimcha daqiqalarda esa fevraldan buyon ilk bor maydonga tushgan Diallo hisobni minimal ko‘rinishgacha qisqartirdi. Lekin uning goli jamoani qutqarmadi va Yevropada yengilmas jamoa bo‘lib qolayotgan «Yunayted» ichki arenada qatorasiga olti turda g‘alaba qozona olmayapti. Bunday noxush seriya jamoani Lui van Gaal boshqargan 2015 yildan buyon kuzatilmagandi.
«Brayton» – «Nyukasl» 1:1
Gollar: Minte 28 – Isak 89 (pen).
«Brayton»: Verbryuggen, Viffer (Lempti, 54), van Geke, Dank, Estupinyan, Baleba, Hinshelvud, Minte, O'Rayli, Adingra, Uelbek.
«Nyukasl»: Poup, Trippiyer (Kraft, 90+7), Sher (Botman, 90+7), Bern, Livramento, Bruno, Tonali, Uillok (Uilson, 74), Myorfi (Gordon, 57), Isak, Barns.
Ogohlantirishlar: Viffer (32), Uillok (73).
YeChL yo‘llanmalari uchun poygada «Nyukasl» muhim ochkolarni boy berdi va uchinchi o‘ringa qayta olmadi. Endi bu o‘rinda juma kuni «Vulverhempton» ustidan g‘alaba qozongan (1:0) «Manchester Siti» joylashgan. «Qarg‘alar» esa «Brayton» maydonidagi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, jamoa uchinchi urinishda baribir penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Bungacha ikki epizodda VAR «chaykalar» jamoasi foydasiga qaror qabul qilib, Gordonga jarima maydoniga kirishidan oldin qo‘pollik ishlatilgani, Uillok esa aktyorlik mahoratini ishga solganini qayd etgandi. Shu bilan birga, Eddi Hau bir ochko uchun ham minnatdor bo‘lishi mumkin, qo‘shimcha daqiqalarda mezbonlar vakili Gomes darvozabon hududida turib to‘pni to‘g‘ri tepa olmadi.
«Chelsi» – «Liverpul» 3:1
Gollar: Fernandes 3, Kvansa 56 (avt), Palmer 90+6 (pen) – van Deyk 85.
«Chelsi»: Sanches, Kaysedo, Chaloba, Kolvill, Kukurelya, Laviya (Gyusto, 78), Fernandes (Jyeyms, 88), Netu, Palmer, Madueke, Jyekson (Sancho, 72).
«Liverpul»: Alisson, Aleksander-Arnold (Bredli, 58), Kuansa, van Deyk, Tsimikas (Keza, 82), Endo (Mak Allister, 69), Jons, Saloh, Elliott (Soboslai, 69), Gakpo, Jota (Nunes, 58).
Ogohlantirishlar: Chaloba (54), Sancho (84) — van Deyk (51), Kuansa (58).
YeChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan yana bir jamoa «Chelsi» esa muddatidan oldin mavsum chempionligini hal qilib bo‘lgan «Liverpul»ga qarshi o‘yinning ilk daqiqalaridan oldinga tashlandi, maydon markazidan oldinga tashlangan Enso Fernandes Pedru Netuning qanotdan uzatmasiga yetib bordi. Shundan keyin mezbonlar hisobdan kelib chiqqan holda o‘ynash imkoniga ega bo‘lishdi, tanaffusdan keyin yana oldinga tashlanib, ikkinchi golli hujumni uyushtirishdi. Bu hujumni Palmer boshlab berdi, van Deyk esa Maduekening bosimi ostida to‘pni muvaffaqiyatli uzoqlashtira olmadi va to‘p «Liverpul»ning boshqa bir himoyachisi — Kuansaga tekkan holda darvoza to‘riga yo‘l oldi.
Niderlandiyalik himoyachi o‘z aybini yuvish uchun oldinga bordi va burchak zarbasidan keyin o‘z uslubida gol urib, hisobni qisqartirdi. Bu «Chelsi» korner orqali uchinchi golni urishi mumkin bo‘lgan vaziyatdan bir necha daqiqa o‘tib ro‘y berdi. O‘sha burchak zarbasidan keyin Palmer shedevr gol urishi mumkin edi, ammo to‘p ustunga bordi. Natijada «Stemford Brij»da so‘nggi daqiqalargacha intriga saqlanib qoldi, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar oxirida esa Kaysedo kun omadsizi Kuansani jarima maydoni ichida qo‘pollik ishlatishga majbur qildi. Penalti belgilangach, Palmer 14 yanvardan buyon ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Hozircha «Chelsi» beshinchi o‘rinda va «Nottinghem» dushanba kuni «Kristal Pelas»ni yenggan taqdirda ham bu pozitsiyani o‘zida saqlab qoladi.
Ispaniya: «Betis»dan chiroyli kambek
La Liga. 34-tur
«Real» – «Selta» 3:2
Gollar: Guler 33, Mbappe 39, 48 (dubl) - Rodriges 69, Svedberg 76.
«Real»: Kurtua, Vaskes, Asensio (Ramon 67), Chuameni, Garsiya, Valverde, Sebalos (Modrich 74), Bellinghem, Guler ( Dias 83), Mbappe, Vinisius.
«Selta»: Guayita, Rodriges, Lago, Alonso, Karreyra (Alvares 54), Beltran (Moriba 54), Sotelo (Aspas 75), Mingesa, Lopes, Iglesias (Svedberg 65), Gonsales (Duran 65).
Ogohlantirishlar: Bellinghem 45, X. Ramon 90+5 – Lago 62.
Chempionlik uchun kurashdagi intriga yoki yanada kuchayishi yoki butunlay o‘lishi aniq bo‘ladigan klasikoga bir hafta qolganida «Real» yana bir sinovdan o‘tdi. Avvaliga barchasi yaxshi ketayotgandi. Arda Guler Karlo Anchelottining ishonchini oqlashda davom etib, bir gol urdi va bir golga uzatma berdi, Mbappe esa dublni rasmiylashtirdi. U XXI asrda La ligadagi dastlabki 30 o‘yinda urilgan gollar soni (24) bo‘yicha faqat Krishtianu Ronaldu (26) va van Nistelroydan (25) ortda. Shu bilan birga, Kilian ancha oldinroq birinchi mavsumda barcha turnirlar doirasidagi sermahsullik bo‘yicha portugaliyalik va niderlandiyalik hujumchilarni ortda qoldirgandi. Fransuz hujumchisi mavsum boshidan buyon 36 ta gol urgan va Ivan Samoranoga tegishli klub rekordini (1992/93 yillar mavsumidagi 37 gol) yangilashga yaqin turibdi.
Keyin esa bu ustunlik boy berilishi ham mumkin edi. Hisob 3:0 holatida madridliklar o‘z vaziyatlarini ko‘kka sovura boshladi, futbolchilar qulayroq vaziyatdagi sheriklaridan to‘p qizg‘andi yoki qulay pozitsiyadan aniq zarba bera olmadi. «Selta» birinchi golni urganidan keyin esa mezbonlar asabiylasha boshladi. Yago Aspasning Svedbergni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yuborgan pasi esa «Real» mudofaasidagi muammolar qanchalik jiddiy ekanini ko‘rsatib berdi. Ryudiger jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi, lazaretdagi Eder Militao va Karvahal yoniga Kamavinga, Alaba va Mendi ham borib qo‘shildi. O‘yin oxirida esa Karlo Anchelottida maydonga tushirish uchun ikkinchi jamoadagi 20 yoshli Ramondan boshqa variant yo‘q edi. Murabbiyning izohlashicha, bu majburiy almashtirish bo‘lgan, chunki Raul Asensio o‘yinni davom ettira olmasdi.
«Espanol» — «Betis» 1:2
Gollar: Fernandes 28 — lo Chelso 85, Antoni 90+1.
«Espanol»: Garsiya, Romero, El-Xilali, Kabrera, Kumbula, Losano, Gonsales, Eksposito, Puado, Roka, Fernandes.
«Betis»: Kastilo, Rodriges, Sabali, Bernardo, Bartra, Karvalyu, Altimira, Rodriges, Antoni, lo Chelso, Ernandes.
Ogohlantirishlar: Hiloli 35, Romero 52.
O‘yinning 85-daqiqasigacha «Betis» xayolan YeChL orzusi bilan xayrlashgandi, ammo shu daqiqada janubiy amerikacha magiya seansi boshlandi. Argentinalik Lo Chelso maydon markazida to‘pni egallab olib, jarima maydoniga qadar reyd uyushtirdi. U o‘z yo‘lida raqibning uch futbolchisidan o‘tdi, keyin esa shvedka uslubidagi zarbasi bilan darvozani ishg‘ol etdi. Arbitr tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Antoni jarima maydoni burchagidan turib to‘pni aql bovar qilmas trayektoriya bo‘yicha «olis to‘qqizlik»ka aniq yo‘naltirdi. Braziliyalik futbolchi qatorasiga ikkinchi o‘yinda g‘alaba goli muallifi bo‘lmoqda, bu esa beshinchi o‘rindagi «Vilyarreal» bilan oradagi farqni bir ochkogacha qisqartirishga imkon berdi.
«Real Sosiyedad» — «Atletik» 0:0
«Real Sosiyedad»: Remiro, Traore (Aramburu, 74), Marten, Ager, Munos, Mendes (Suchich, 62), Subimendi, Marin, Gomes (Barrenechea, 62), Kubo (Bekker, 82), Oyarsabal.
«Atletik»: Simon, Gorosabel, Vivian, Paredes, Martines, de Galarreta (Xauregisar, 62), Prados (Vesga, 74), I.Uilyams (Jalo, 62), Gomes (Boiro, 82), Berenger, Guruseta (Sannadi, 62).
Ogohlantirishlar: Berenger (44), Marin (58), Gorosabel (78).
So‘nggi vaqtlarda juda ko‘p marta golsiz durang o‘ynagan «Atletik» ham hali o‘zini xotirjam his qila olmaydi, bask derbisida «Real Sosedad»ga qarshi navbatdagi durangdan keyin jamoa finishgacha to‘rt tur qolganida oltinchi o‘rindagi «Betis»dan atigi to‘rt ochko oldinda. Bu yetarlidek ko‘rinishi mumkin, ammo Bilbao jamoasining taqvimi qiyinroq, Valverde jamoasini keyingi turlarda liganing istalgan jamoasiga muammo tug‘dira oladigan «Xetafe», so‘nggi vaqtlarda inqirozdan chiqib olgan «Valensiya» hamda chempionlik uchun har bir ochko muhim bo‘lgan «Barselona» kabi raqiblar kutmoqda.
Italiya: bir vakansiyaga to‘rt da’vogar
A Seriya, 35-tur
«Empoli» – «Latsio» 0:1
Gol: Dia (1).
«Empoli»: Vaskes, Goglichidze (Sambiya, 46), Ismayli, Viti (Kampaniyello, 90), Gyasi, Marianuchchi, Fatssini, Pesselya, Solbakken (Konate, 59), Kakache, Kolombo.
«Latsio»: Mandas, Hyusay, Jigo, Romanioli, Pellegrini (Xila, 70), Genduzi, Rovella (Provstgaard, 78), Marushich (Isaksen, 46), Dia (Vesino, 58), Zakkani (Pedro, 70), Kastelyanos.
Ogohlantirishlar: Kolombo (34), Goglichidze (45+2), Pellegrini (56), Hyusay (66), Pesselya (84), Vesino (88), Viti (89).
Chetlatishlar: Kolombo (38), Hyusay (76).
Italiyadan YeChL yo‘llanmasi uchun da’vogarlar marafonini «Latsio» boshlab berdi va darhol o‘z maqsadiga erishdi. Birinchi hujumdayoq Hyusay maydon markazidan turib to‘pni raqib jarima maydoniga yetkazib berdi, u yerda esa Dia o‘z mahoratini ishga soldi. Golli uzatma muallifi o‘yinni oxirigacha yetkazib qo‘ya olmadi va ikkinchi sariq kartochkadan keyin maydonni tark etdi. Ammo bu bilan tarkiblar soni faqat tenglashdi, «Empoli» birinchi bo‘limdayoq bir kishi kam bo‘lib qolgandi. Endi «burgutlar» uchun barchasi keyingi ikki turda hal bo‘ladi, rimliklar avvaliga YeChL yo‘llanmasi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi bo‘lmish «Yuventus»ni qabul qiladi, keyin esa chempionlik uchun kurashayotgan «Inter» mehmoni bo‘ladi.
«Monsa» – «Atalanta» 0:4
Gollar: De Ketelare (12, 23), Lukman (47), Breshanini (88 )
«Monsa»: Pitssinyakko, Kaldirola (Brorsson, 16), Pedru Pereyra (Lekovich, 46), Birindelli, Palasios, Kiryakopulos (Churria, 76), Akpa-Akpro, Kastrovilli (Forson, 46), Byanko, Kaprari (Vinyato, 71), Mota
«Atalanta»: Karnesekki, Kossunu (Toloy, 46), Hin, Bellanova, Jimsiti (Kuadrado, 76), Dzappakosta, Ederson, de Ron, De Ketelare (Pashalich, 64), Lukman (Breshanini, 80), Retegi (Maldini, 76)
Ogohlantirishlar: Palasios, 51 – Hin, 71. Kuadrado, 81
«Atalanta» esa keyingi turdayoq «Napoli» va «Inter» ortidan YeChLga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani kafolatlashi mumkin. Turnir jadvalining yuqori qismidagi raqobatchilar o‘zaro o‘ynagan turda bergamoliklar autsayderni yirik hisobda tor-mor etdi. Mavsumni yorqin boshlagan, ammo 21 yanvardan buyon golsiz seriya qayd etayotgan Sharl De Ketelare dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Lukman ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yib, amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Lekin tezkor qarshi hujumlarga tayanadigan Jan Pero Gasperini jamoasiga keyingi turda oson bo‘lmaydi. «Roma» — yumshoq qilib aytganda, «Monsa» emas.
«Roma» – «Fiorentina» 1:0
Gollar: Dovbik 45+5.
«Roma»: Svilar, Chelik (Rensh 77), Manchini, Ndika, Saule, Kone, Kristante (Gurna-Duat 65), Anxelinio, Lorenso Pellegrini (Pisilli 46), Shomurodov (Baldansi 65), Dovbik (Al-Sha’roviy 77).
«Fiorentina»: De Xea, Komutsso, Pongrachich (Kolpani 71), Mari, Parizi, Ndur (Adli 90), Mandragora, Richardson (Beltran 71), Gosens (Fadjoli 46), Zaniolo (Gudmundsson 61), Kin.
Ogohlantirishlar: Saule 89, Pisilli 90+4 – Ndur 64, Kin 86.
«Bo‘rilar» safarda «Inter» ustidan qozonilgan g‘alaba ortidan yana bir murakkab raqib sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi. O‘yin taqdirini birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda urilgan gol hal qildi. Bu safar ham Eldor Shomurodov asosiy ishni bajardi. Avvaliga uning kuchli zarbasidan keyin de Xea to‘sin ostiga borayotgan zarbani qaytarib yubordi. Shundan keyin belgilangan burchak zarbasi ijro etilganida esa o‘zbekistonlik hujumchi to‘pni bosh bilan qulayroq pozitsiyada turgan jamoadoshi Dovbikka tashlab berdi.
G‘alabaga darvozabon Svilar ham katta hissa qo‘shdi, u «Fiorentina» to‘purari Moyze Kinning ketma-ket zarbalarini bartaraf etdi. Albatta, Klaudio Raniyerining ham xizmatini e’tirof etish kerak, uning boshqaruvida «Roma» ichki chempionatda 19 turdan buyon yutqazmayapti va onlayn jadvalda «Latsio»ni qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga quvib o‘tib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.
«Bolonya» – «Yuventus» 1:1
Gollar: Froyler 54 – Tyuram 9.
«Bolonya»: Skorupski, De Silvestri (Kalabriya 88), Beukema, Lukumi, Miranda (Likoyannis 68), Froyler (Pobega 80), Fergyuson, Orsolini (Dominges 88), Odgar (Kastro 80), Kambiagi, Dallinga.
«Yuventus»: Di Gregorio, Kalulu, R. Veyga, Savona, Vea (Mbangula 86), Lokatelli (Luis 85), K. Tyuram, Kambiazo (Koshta 67), Makkenni, N. Gonsales (Konseysau 85), Kolo Muani (Adjich 86).
Ogohlantirishlar: Kastro 90+4 – Lokatelli 48, N. Gonsales 74, Koshta 90+1.
«Yuventus» bundan oldingi safar o‘yinida ligada qolish uchun kurashayotgan «Parma» qarshisida ojiz qolgandi, ammo YeChL uchun kurashdagi raqobatchisi bo‘lmish «Bolonya»ga qarshi o‘yin juda kuchli boshlandi. Makkenni pressing bilan to‘pni raqibdan olib qo‘ydi, Kambyazo hujumni rivojlantirib, to‘pni Kefren Tyuramga yetkazib berdi, Skorupski esa fransuz himoyachining uzoqdan yo‘llagan zarbasini qaytara olmadi. Ammo tanaffusga yaqin qolganida mezbonlar bosimni kuchaytirishdi, tanaffusdan keyin esa hisobni tenglashtirishdi. Di Gregorio Froylerning zarbasini qaytarishi mumkin edi, ammo zarba yo‘nalishini to‘sishga uringan Renatu Veyga trayektoriyani o‘zgartirib yuborib, darvozabonni ilojsiz ahvolda qoldirdi.
Bu goldan biroz oldinroq esa Kambyazoning goli mikroskopik ofsayd tufayli bekor qilingandi. Ikkinchi bo‘lim davomida Kolo Muanining reydidan keyin mezbonlar jarima maydonida tahlikali vaziyat yuzaga keldi, to‘p bo‘sh darvoza qarshisigacha olib borildi, ammo bu vaziyatda Koshtaning oyog‘i toyib ketdi va to‘p darvoza to‘riga kirishni istamadi. So‘nggi daqiqalarda esa mezbonlar hujumchisi Kambiagining zarbasidan keyin to‘p yo‘lidan jamoadoshi chiqib qoldi. Yakunda «Yuve» va «Bolonya» o‘rtasidagi qatorasiga beshinchi o‘yinda ham durang qayd etildi. Turinliklar jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi, ammo bu o‘rinni Rimning ikki jamoasi bilan bo‘lishib turibdi. «Bolonya» esa bir ochkolik farq bilan ta’qib etmoqda va YeChLga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rin uchun kurash so‘nggi turga qadar davom etadi.
Germaniya: «Frayburg» YeChL yo‘llanmasiga yaqin
Bundesliga, 32-tur
«Frayburg» – «Bayyer» 2:2
Gollar: Eggeshtayn 44, Inkapiye 48 (avt) – Virts 82, Ta 90+3.
«Frayburg»: Myuller, Linhart, Ginter, Makengo, Rozenfelder (Kyubler, 69), Osterage, Eggeshtayn, Manzambi (Rel, 69), Adamu, Grifo (Sildilliya, 89), Doan (Beste, 81)
«Bayyer»: Kovarj, Tapsoba (Artur, 57), Ta, Inkapiye, Frimpong (Tella, 76), Jaka, Garsiya (Palasios, 57), Grimaldo, Buendia (Adli, 58), Virts, Shik
Ogohlantirishlar: Manzambi, 27 – Adli, 66. Grimaldo, 88
Bu o‘yin bir vaqtning o‘zida bir necha klub muxlislari diqqat markazida edi. Myunxendagilar «Bavariya»ning chempionligini nishonlash uchun «Bayyer»ning ochko yo‘qotishini kutishayotgandi. Dortmund va Leypsigdagilar esa, aksincha, Leverkuzen uchun muxlislik qilishdi, ular Xabi Alonso shogirdlari to‘rtinchi o‘rin uchun raqobatchisi «Frayburg»ga zarba berishidan umid qilishayotgandi. Yakuniy natija esa ikki gol ustunligini boy bergan «Frayburg»dan tashqari deyarli barchani qoniqtirdi.
«Bavariya» futbolchilari maydonda bo‘lmay turib 34-titulga ega chiqishdi va keyingi turda Kumush tovoqni qabul qilib olishadi. Beshinchi o‘ringa tushgan «Borussiya» YeChL zonasidan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda. Dortmundliklar keyingi turda mavsum uchun motivatsiyasi qolmagan «Bayyer»ga qarshi Leverkuzenda o‘ynaydi.
«Mayns» – «Ayntraxt» 1:1
Gollar: Burkardt 57 – Kristiansen 16
«Mayns»: Riss, Mvene (Ferachnig, 81), Kasi (Hyun Sok Hong, 81), da Kosta (Vidmer, 25), Hanche-Olson, Sano, Li Je Son (Vayper, 81), Nebel, Amiri, Kor (Bell, 10), Burkardt.
«Ayntraxt»: Trapp, Teat, Kox, Kristensen, Braun (Nkunku, 85), Tuta, Sxiri, Larsson, Ekitike (Batshuayi, 90+3), Baoyya (Shaibi, 74), Knauff (Uzun, 74)
Ogohlantirish: Amiri
«Frayburg»ni mavsum yakunida ligada qolish uchun kurashayotgan «Holshtayn» (safarda) va YeChL yo‘llanmasiga da’vogar «Ayntraxt» (uyda) kabi jamoalarga qarshi o‘yinlar kutmoqda. Franfurtliklar turni yopib beruvchi o‘yinda yo‘llanmani hal qilib qo‘yishi mumkin edi, ammo jamoa Maynsdagi o‘yinning ikkinchi bo‘limida minimal hisobdagi g‘alabani boy berib qo‘ydi.