«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Bundesliganing 32-turida myunxenliklar «RB Leypsig» klubi bilan durang o‘ynadi. Biroq ularning yagona raqibi «Bayyer» ham «Frayburg»ni mag‘lub eta olmaganidan so‘ng ochko yo‘qotdi.
Foto: Jan Woitas/dpa/picture alliance
4 aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya chempionatida muddatidan avval chempion aniqlandi. Bundesliga tarixida 34-marta Myunxenning «Bavariya» klubi g‘olib bo‘ldi.
Myunxenliklar 32-turda «RB Leypsig» bilan durang o‘ynadi – 3:3, u hushtak chalinishiga bir necha soniya qolganida tom ma’noda g‘alabani boy berdi. Biroq chempionlik uchun kurashgan yagona raqib «Bayyer» ham «Frayburg»ni mag‘lub eta olmaganidan so‘ng ochko yo‘qotdi, bu o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Natijada, «Bavariya» chempionat tugashiga ikki tur qolganida «Bayyer»dan 8 ochkolik farq bilan oldinda bormoqda.
Shu tariqa myunxenliklar qasos oldi – o‘tgan yili, 2024 yilda aynan «Bayyer» uning Bundesligadagi 11 yillik g‘alabalar seriyasini to‘xtatgan edi. O‘shanda leverkuzenliklar tarixda ilk bor Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
«Bavariya»ning g‘alabasi myunxenliklarning 31 yoshli ingliz hujumchisi Harri Keyn uchun alohida voqea bo‘ldi. Bungacha u o‘zining 14 yillik faoliyati davomida professional darajada hech qachon jamoaviy titulni qo‘lga kiritmagandi, bu esa muxlislarning uning la’natlangani haqida hazil qilishlariga sabab bo‘lgan.