Kroos Germaniya milliy jamoasiga qaytishini e’lon qildi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos xalqaro faoliyatini tiklashini ma’lum qildi.
Germaniyalik 34 yoshli futbolchi «Instagram»dagi sahifasi orqali Germaniya milliy jamoasiga qaytishini e’lon qildi.
«Yigitlar, qisqacha aytaman: martdan boshlab yana Germaniya milliy jamoasida to‘p suraman.
Nega? Chunki mendan bosh murabbiy shuni so‘radi, men esa rozi bo‘ldim. Aminmanki, bu jamoa Yevro-2024da ko‘pchilik o‘ylayotganidan ham ko‘ra ko‘proq narsaga qodir!» – deya yozgan Toni.
Eslatib o‘tamiz, Kroos 2021 yilda milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgandi. Uning «nemis mashinasi»dagi so‘nggi o‘yini 2021 yil 29 iyun kuni Yevro-2020 1/8 finali doirasidagi Angliyaga qarshi o‘yin (1:2) bo‘lgandi.
Manba: www.aniq.uz