softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

YeChL. Kambeklarga boy bo‘lgan uchrashuvda "Inter" "Barselona"ni yengib, finalga chiqdi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

YeChL. Kambeklarga boy bo‘lgan uchrashuvda "Inter" "Barselona"ni yengib, finalga chiqdi

Batafsil o'qish:

Foto: AFP

Yevropa Chempionlar Ligasi yarimfinal javob o‘yinlariga start berildi. 

"Inter" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilib, qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan gol hisobiga 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Martines, Chalxano‘g‘li, Acherbi hamda Frattezi 1tadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlar safida Garsiya, Olmo va Rafinya o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi. 

Kataloniyadagi uchrashuv 3:3 hisobida yakunlangan edi. Shu tariqa, "Inter" 2025-26 yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi.

Finalning ikkinchi ishtirokchisi ertaga, 7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi "PSJ" hamda "Arsenal" uchrashuvida ma’lum bo‘ladi. 

Chempionlar ligasi. 2024/25. Yarimfinal. Javob o‘yini. 

Inter  (Italiya) – Barselona (Ispaniya) – 4:3
Gollar:
Lautaro Martines, 21, Chalxanoglu, 45+1 (pen.), Acherbi, 90+3, Frattezi, 99 – Garsiya, 54, Olmo, 60, Rafinya, 87
Barselona: Shensniy - Martin, Martines (Arauxo 76), Kubarsi (Gavi 106), Garsiya (Fort 98) - Pedri (Viktor 106), de Yong - Rafinya, Olmo (Lopes 83), Yamal - Torres
Inter: Zommer - Bastoni, Acherbi, Bisek (Darmian 71) - Dimarko (Karlos Augusto 55), Mxitaryan (Frattezi 79), Chalxano‘g‘li (Zelinskiy 79), Barella, Dumfris (De Vrey 108) - Tyuram, Martines (Taremi 71)
Ogohlantirishlar: Chalxano‘g‘li 36, Mxitaryan 69, Acherbi 90+5, Karlos Augusto 91, Bastoni 118 - Martines 51, Flik 90+5
Ilk uchrashuv: 3:3