softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Superhujumchiga yetti yillik shartnoma va dahshatli maosh qilinadi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Superhujumchiga yetti yillik shartnoma va dahshatli maosh qilinadi

Batafsil o'qish:

Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” rahbariyati “Napoli” to‘purari Viktor Osimxenga shartnoma tayyorlab qo‘ydi.

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” nigeriyalik forvardga yetti yillik shartnoma va katta maosh taklif qilmoqchi. Klub shu yo‘l bilan 23 yoshli to‘purarni Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

Bundan tashqari, Viktor Osimxen o‘zining kumiri hisoblangan Didye Drogba yulduzli davrini aynan “Chelsi”da o‘tkazgani ham uning tanloviga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi ta’kidlandi.

Viktor Osimxen o‘tgan mavsumda sermahsul o‘yin namoyish qilib, “Napoli”ning uzoq tanaffusdan keyin skudettoni qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan edi. Joriy mavsumda jamoaning ham, hujumchining ham ko‘rsatkichlari yuqori darajada emas.

Shu bois, transfer bo‘yicha ekspertlar Viktor Osimxen muhitni o‘zgartirishi, “Napoli” esa, asosiy to‘purari transferidan mo‘may daromad ishlab olishga harakat qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.


Manba: www.aniq.uz