softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi

Batafsil o'qish:

Klub o‘zining 119 yillik tarixidagi birinchi yirik sovringa ega bo‘ldi. Abduqodir Husanov «Manchester Siti» qaydnomasiga kiritildi, ammo maydonga tushirilmadi.

Foto: Getty Images

Angliya Kubogi finalida Londonning «Kristal Pelas» klubi «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin 17 may kuni «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Yagona gol Eberechi Eze tomonidan 16-daqiqada urildi. 36-daqiqada «Manchester Siti» hujumchisi Umar Marmush penaltini aniq amalga oshira olmadi – misrlikning zarbasini darvozabon Din Henderson qaytardi.

Abduqodir Husanov «Manchester Siti» qaydnomasiga kiritildi, ammo maydonga tushirilmadi.

«Kristal Pelas» o‘zining 119 yillik tarixidagi birinchi yirik sovrinni qo‘lga kiritdi. Klub o‘z tarixida uchinchi marta Angliya Kubogi finalida o‘ynadi. 1990 va 2016 yillarda jamoa hal qiluvchi bahslarda «Manchester Yunayted»ga mag‘lub bo‘lgan.

«Manchester Siti» qatorasiga uchinchi va tarixda 14-marta finalga chiqdi (7 g‘alaba).