softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi

Batafsil o'qish:

Musobaqalarda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalardan foydalanishga ruxsat beriladi.

Foto: The Guardian

Las-Vegasda sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi, unda sportchilarga taqiqlangan moddalarni iste’mol qilishga ruxsat beriladi, hatto doping preparatlarini qo‘llash tavsiya etiladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Tarixdagi birinchi Enhanced Games 2026 yil 21–24 may kunlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Musobaqa dasturiga yugurish, suzish va og‘ir atletika kiradi. Atletlar jahon sportida taqiqlangan dori vositalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Enhanced Games sport va ilm-fandagi inqilob va elita musobaqalarida farmatsevtika bilan texnologik yangiliklar odatdagi hol bo‘lgan kelajak sifatida e’tirof etilmoqda.

Musobaqa ishtirokchilari an’anaviy antidoping testlaridan o‘tmaydi, ammo shifokorlar nazoratida bo‘ladi. Ular qanday moddalarni ishlatganini oshkor qilishi kerak.

Enhanced Games ishtirokchilariga katta mukofotlar va’da qilingan. Masalan, 100 metrga yugurish yoki 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha yangi jahon rekordi uchun 1 million dollar olish mumkin.

Tanlov sarmoyadorlari orasida kenja Donald Tramp boshchiligidagi 1789 Capital firmasi ham bor.

O‘yinlarni dopingdan foydalangan holda o‘tkazish g‘oyasi rasmiy sport organlarining noroziligiga sabab bo‘ldi. «Bu xavfli masxarabozlik shousi, haqiqiy sport emas», dedi AQSh antidoping agentligi bosh direktori Trevis Taygert.

Ushbu o‘yinlarda ishtirok etishga rozi bo‘lganlar orasida suzish bo‘yicha ikki karra jahon chempioni avstraliyalik Jyeyms Magnussen ham bor.