softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi

Batafsil o'qish:

5 iyun kuni Abu-Dabida o‘tadigan Futbol bo‘yicha JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi BAA–O‘zbekiston o‘yini Toshkent markazida, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida katta ekranda namoyish etiladi. 

Shuningdek, 10 iyun kuni ham ushbu manzilda O‘zbekiston–Qatar o‘yini namoyish etiladi. Ommaviy tadbirlar nafaqat futbol tomoshasini, balki ochiq osmon ostidagi konsert dasturi va motivatsion shoularni ham o‘z ichiga oladi.

Ommaviy tadbir Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan hukumat ko‘magida o‘tkazilmoqda. Unga kirish bepul bo‘lib, 16 yoshdan 40 yoshga bo‘lgan yoshlar Telegramʼda @land_uzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, unda ishtirok etishi mumkin. 5 iyunda tadbir 19:00 dan boshlanadi. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning barcha xarajatlari Kapitalbank, Uzum va Ucell kompaniyalari tomonidan to‘liq moliyalashtirilmoqda. Ushbu kompaniyalar O‘zbekistonda inson kapitali va iste’dodlarni rag‘batlantirishni o‘z ijtimoiy mas’uliyatining muhim qismi deb hisoblaydi.  

Tadbirlarda 100 mingdan ortiq yoshlar, jumladan, Toshkent shahrida yashovchi va unda mehmon bo‘lib turgan minglab futbol ixlosmandlari, jamoatchilik faollari, sport sohasi va kreativ sanoat vakillari, jurnalist, bloger va inflyuyenserlar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Kun.uz ushbu tadbirda axborot hamkori sifatida ishtirok etmoqda.

“O‘zbekiston – iste’dodlar zamini” yoshlar harakatning asosiy maqsadi –O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarni umumiy vatanparvarlik g‘oyasi ostida birlashtirish, ularga katta maqsadlar sari intilishga rag‘bat berish. Harakat Toshkent shahrida o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarning yillik dasturini o‘z ichiga oladi. 

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Buning uchun Timur Kapadze jamoasi BAA bilan durang o‘ynashi yoki o‘z uyida Qatar terma jamoasini mag‘lub etishi kifoya.

Bugun Abu-Dabida BAA–O‘zbekiston o‘yini uchun chiptalar sotuvga chiqarildi va qisqa muddatda ularning barchasi sotib tugatildi.