40 yoshli Ronaldu Portugaliyani Millatlar ligasi finaliga olib chiqdi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
Futbol bo‘yicha Germaniya milliy jamoasi UYeFA Millatlar ligasi yarim finalida Portugaliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu uchrashuvda hal qiluvchi gol Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi.
Foto: Matthias Koch/IMAGO
Futbol bo‘yicha Germaniya milliy jamoasi UYeFA Millatlar ligasi yarim finalida Portugaliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv Myunxendagi «Alyans Arena»da 4 iyun, chorshanba oqshomida bo‘lib o‘tdi.
Nemislar ikkinchi bo‘lim boshida oldinga chiqib oldi, 48-daqiqada yarim himoyachi Florian Virs gol urdi. Oradan 15 daqiqa o‘tib portugaliyalik hujumchi Fransishku Konseysau hisobni tikladi, besh daqiqa o‘tib esa Krishtianu Ronaldu uchrashuvdagi yakuniy golni kiritdi.
5 iyun, payshanba kuni ikkinchi yarim finalda Ispaniya va Fransiya milliy jamoalari o‘ynaydi. O‘yin Shtutgartda bo‘lib o‘tadi. Millatlar ligasi finali 8 iyun kuni Myunxenda o‘tkaziladi.
Bu UYeFA Millatlar ligasining to‘rtinchi mavsumidir. Germaniya milliy jamoasi hali biron marta turnir finaliga chiqa olmagan.
Bu mavsumda Germaniyaning guruhdagi raqiblari Niderlandiya, Vengriya, Bosniya va Hersegovina bo‘ldi. Germaniya to‘rtta g‘alaba va ikki durang bilan guruhdan chiqdi. Ikki chorak final o‘yini yakuniga ko‘ra Germaniya milliy jamoasi Italiyani mag‘lub etdi.