softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston ilk bor mundialga chiqdi

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

O‘zbekiston ilk bor mundialga chiqdi

Batafsil o'qish:

BAA bilan safar o‘yinidagi durang natija Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘l olishi uchun yetarli bo‘ldi.

JCh-2026 saralashi, 9-tur
BAA - O‘zbekiston 0:0
BAA: Essa, al-Danhani, Pimenta, Koadio, Meloni, Hassan, Ramazon, Fabio de Lima, Perreyra, Lukas, Ali Solih
O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Abduqodir Husanov, Hojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiyev (Sherzod Nasrullayev 65), Rustamjon Ashurmatov, Otabek Shukurov, Odiljon Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov (Abbosbek Fayzullayev 10), Eldor Shomurodov, Husniddin Aliqulov.

O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.

BAAga qarshi safar o‘yinida Timur Kapadze pragmatik uslub tanladi va yakunda bu natija keltirdi. 

O‘yinda hisob ochilmadi va bu durang evaziga qo‘lga kiritilgan bir ochko bilan O‘zbekiston hisobidagi ochkolar soni 18 taga yetdi. Natijada A guruhidagi ikkinchi o‘rin kafolatlandi - uchinchi o‘rindagi BAA hisobida 14 ochko bor va bu jamoa endi oxirgi turdagi natijalardan qat’i nazar O‘zbekistonga yeta olmaydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi 8-urinishda jahon chempionatiga chiqishni uddaladi. Temur Kapadze shogirdlari endi 2026 yilda AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan mundialda ishtirok etadi.