Eldor Shomurodov klubi yangi bosh murabbiyni tayinladi
Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news

Sport yangiliklari, Спорт янгиликлари, Новости спорта, Sports news
«Roma» 67 yoshli Jan Pero Gasperini bilan uch yillik shartnomani imzoladi.
Foto: Roma
Italiyaning «Roma» klubi Jan Pero Gasperini bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.
67 yoshli italiyalik mutaxassis 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi.
Gasperini yaqinda 9 yillik muvaffaqiyatli faoliyatdan so‘ng, italiyaning yana bir klubi «Atalanta»ni tark etgan edi. Murabbiy bergamoliklar bilan 2024 yilda Yevropa Ligasida g‘alaba qozondi.
«Roma» o‘tgan mavsumni xorvatiyalik Ivan Yurich qo‘l ostida boshladi. Biroq, mutaxassis qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarildi. Uning o‘rniga tajribali Klaudio Raneri tayinlandi. 73 yoshli mutaxassis qo‘l ostida «Roma» mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazib, 5-o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasi yo‘lanmasini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng, Raneri murabbiylik faoliyatini yakunladi.
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 2021 yildan beri «Roma» futbolchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u 27 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishdi.